Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" kitobi taqdimot qilinib, asar mazmun mohiyati oʻquvchilarga keng bayon etildi.
Joriy yilning 26- sentyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" kitobi taqdimot qilinib, asar mazmun mohiyati oʻquvchilarga keng bayon etildi. Ma'lumot oʻrnida aytish joizki, bu asar o'zbek adabiyotining oltin fondidan joy olgan bo'lib ,nafaqat bolalarni, balki har bir o'quvchini o'ylantiradi va tarbiyalaydi . Asar orqali muallif bizga orzu- umidlar, insoniy fazilatlar va eng muhimi- halollik va mehnatga sadoqat haqida chuqur saboq beradi. Kitob taqdimotida 24 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.



