Xudoyberdi To‘xtaboyev tavalludining 91 yilligi munosabati bilan "Xalqimizning sevimli yozuvchisi" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do‘stlik tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 2 - IDUM 6 - sinf o‘quvchilari ishtirokda O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev tavalludining 91 yilligi munosabati bilan "Xalqimizning sevimli yozuvchisi" nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbirda adibning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berilib, bir biridan qiziqarli turli savol-javob o'yinlari, xotira mashqi va kim chaqqon kabi jamoaviy o`yinlar tashkil etildi. Tadbir so`nggida faol qatnashgan ishtirokchilarga kutubxona markazi tomonidan elektron kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.