Xudoyberdi Toʻxtaboyev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 31-mart sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Qahramon MFY hududidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida yozuvchi Xudoyberdi Toʻxtaboyev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Xudoyberdi Toʻxtaboyev o‘zbek bolalar adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri ekani, uning qiziqarli, kulgili va sarguzashtlarga boy asarlari orqali keng kitobxonlar mehrini qozongani haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, yozuvchining “Quyonlar ovchisi” asari mazmuni bolalarga hikoya qilib berilib, asar orqali do‘stlik, topqirlik va ezgulik kabi fazilatlar targ‘ib qilindi.
Davra suhbati yakunida o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.


