"Xotirangiz qalblarda mangu" nomli zakovat intellektual o`yini tashkil qilindi.
Do`stlik tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovning tavalludining 86 yilligi munosabati bilan "Xotirangiz qalblarda mangu" nomli zakovat intellektual o`yini tashkil qilindi. O`yin davomida qizg`in bahs - munozaralar, qiziqarli savol - javoblar bo'lib o`tdi. O`quvchilar juda katta qiziqish va faollik bilan qatnashdi.Shuningdek kitoblar ko`rgazmasi ham tashkil qilinib, unda o`quvchilar prezident asarlari bilan yaqindan tanishishdi.