Xotira abadiy, qadr- mangu
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 2022-yil 7-may sanasida maktab o'quvchilari ishtirokida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira abadiy, qadr- mangu" nomli tadbirni tuman xotira xiyobonida tashkil qildi.Tadbirda 1941-1945-yillarda bo`lib o`tgan ikkinchi jahon urushi voqealari yig`ilganlarga eslatib o'tildi.Shundan so`ng o`quvchilar tomonidan vatan va tinchlikni ulug'lovchi she'rlar aytildi.Matomsaro ona haykali poyiga guldastalar qo`yildi.