“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyatning ustuvor vazifasi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 26-noyabr kuni Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyatning ustuvor vazifasi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📗📘Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxonaning faol kitobxon qizlari mavzuga oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, Raxima Shommansurovaning “Qizlar kitobi” hamda “Millat qiziga” asarlari haqida ma’lumot berilib, ularda ilgari surilgan tarbiyaviy, ma’naviy va hayotiy g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekovning “Fotima va Zuhra” asariga alohida kitob sharhi berildi. Asar mazmuni, undagi qahramonlar taqdiri, insoniy munosabatlar, oilaviy qadriyatlar hamda ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi.



