“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyatning ustuvor vazifasi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyatning ustuvor vazifasi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya ⚡️qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Ko‘rgazma orqali kitobxonlar e’tiboriga xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni va faolligini yuksaltirishga oid adabiyotlar, qonun hujjatlari, risolalar hamda ma’rifiy nashrlar havola etildi.
