Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklanganlarga kutubxona xizmati ko`rsatildi.
Do`stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan imkoniyati cheklangan Boboqulova Qantim hamda Usmonova Muhabbat opalarning xonadoniga tashrif buyurib, qiziqarli adabiyotlar ko'rgazmasi hamda kitoblar taqdimotlari o‘tkazildi.Shu bilan birga kitobxonlar o'qigan asarlari asosida qiziqarli savol-javoblar hamda asar nomini to'p o‘yinlari tashkil qilindi. Imkoniyati cheklangan kitobxonlarimiz ushbu tashrifdan minnatdor bo'ldi.