“Xalq qalbida mangu qolgan siymo” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 29-yanvar sanasida Doʻstlik axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 88 yilligi munosabati bilan “Xalq qalbida mangu qolgan siymo” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada Prezidentimizning asarlari, shuningdek, u kishining faoliyati, amalga oshirgan islohotlari va ziyoratgohlarga tashriflari aks etgan kitoblar oʻrin oldi. Mazkur koʻrgazma kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxon va oʻquvchilarga keng targʻib qilinib, ular tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi.


