"Xalq qahramonlarini yod etib" nomli Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi
Joriy yilning 12-sentabr kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda 8-sinf o'quvchilari ishtirokida "Xalq qahramonlarini yod etib" nomli Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi. Ushbu zakovatda savollar turli mavzulardan tuzilib, oʻquvchilarning mantiqan fikrlashi, maktabda egallagan bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.O'quvchilar Zukkolar va bilimdonlar guruhiga boʻlinib, oʻzaro bellashdilar. Zakovat intellektual oʻyinida Bilimdonlar jamoasi faol qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.G'olib jamoa aʼzolari kutubxona maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar.