"Vodiydan kelgan sado" nomli tadbir tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxon o`quvchilari ishtirokida Farg`ona viloyati tashkil topgan kuni munosabati bilan vodiylik adiblarni yodga olib, "Vodiydan kelgan sado" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida barchamiz uchun sevimli adiblarimizdan biri bo`lgan Erkin Vohidovning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berildi hamda uning mashhur asari "Ruhlar isyoni" dostoni asosida bahs-munozaralar tashkil etildi. Munozara qizg`in va murosasiz bo`lib o`tdi.