"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.!" shiori ostida Umummilliy birdamlik festivali Alisher Navoiy mahallasida tashkil etildi.
Doʻstlik tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va maʼrifat markazi Doʻstlik tuman boʻlinmasi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi, Barkamol avlod bolalar maktabi, Madaniyat boʻlimi, tuman MMTB, mahalla yoshlari yetakchilari va nuroniylar, tuman IIB va AKM hamkorligida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.!" shiori ostida Umummilliy birdamlik festivali Alisher Navoiy mahallasida tashkil etildi. Festival doirasida "Kitob marofoni" aksiyasi tashkil etilib, koʻrgazmaga 150 dan ortiq turli adabiyotlar qoʻyildi. Festivalga tashrif buyurgan aholi uchun kitoblar tavsiya etilib, axborot kutubxona markazi va kitoblar bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek festival doirasida turli koʻrgazmalar, sport oʻyinlari va konsert dasturlari tashkil etildi. Navbatdagi festival Chinobod mahallasida oʻtkaziladi. Barchangizni kutib qolamiz





