“Ustozlar davrasi” nomli Zakovat intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida 1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Ustozlar davrasi” nomli Zakovat intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Final bosqichida 3-, 8- va 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jamoalari ishtirok etib, bilim, topqirlik va tezkor fikrlash bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
🥈 2-o‘rin — 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
🥉 3-o‘rin — 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchi maktab jamoalari qimmatbaho sovg‘alar hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Mazkur intellektual o‘yin ustoz va murabbiylarning bilim va salohiyatini namoyon etish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda kitobxonlik va intellektual muhitni rivojlantirishga xizmat qildi.




