"Ustozlar davrasi" nomli Zakovat intellektual o'yini yakuniy saralash bosqichi oʻtkazildi.
Joriy yilning 30-oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi hamda Respublika ma'naviyat ma'rifat markazi Do'stlik tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda "Ustozlar davrasi" nomli Zakovat intellektual o'yini yakuniy saralash bosqichi oʻtkazildi. Ushbu Zakovat oʻyinining bugungi kunida 16-17-18-20-umumiy o'rta ta'lim maktablarining jamoalari o'zaro bellashdilar. Bellashuvda jami 15 ta savol o'ynaldi.Zakovat intellektual o'yinida jamoalar murosasiz va qiziqish bilan ishtirok etdilar va o'zlarining topqirligi va intellektual salohiyatini namoyon qilib, yakunda Do'stlik tuman 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchilar jamoasi gʻolib boʻlib, final bosqichiga yo'llanma oldilar.




