"Ustozlar davrasi" nomli Zakovat intellektual o'yini yakuniy final bosqichi oʻtkazildi.
Joriy yilning 4-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Do'stlik tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda "Ustozlar davrasi" nomli Zakovat intellektual o'yini yakuniy final bosqichi oʻtkazildi. Ushbu Zakovat final bosqichida 4-6-12-20-umumiy o'rta ta'lim maktablarining jamoalari o'zaro bellashdilar. Bellashuvda jami 16 ta savol 2 raunda o'ynaldi.Zakovat intellektual o'yinida jamoalar murosasiz va qiziqish bilan ishtirok etdilar va o'zlarining topqirligi va intellektual salohiyatini namoyon qilib, yakunda Do'stlik tuman 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchilar jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi hamda hamkor tashkilotlarning Diplom va esdalik sovgʻalari, kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.




