"Ustozlar davrasi" nomli 2 bosqichli Zakovat intellektual o'yiniga start berildi.
Joriy yilning 27-oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi hamda Respublika ma'naviyat ma'rifat markazi Do'stlik tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda "Kitobsevar millat" shiori ostida "Ustozlar davrasi" nomli 2 bosqichli Zakovat intellektual o'yiniga start berildi. Ushbu Zakovat oʻyinining birinchi kunida 1-2-3-4-5-umumiy o'rta ta'lim maktablarining jamoalari o'zaro bellashdilar.Bellashuvda 15 ta savol o'ynaldi.Zakovat intellektual o'yinida jamoalar murosasiz va qiziqish bilan ishtirok etdilar va o'zlarining topqirligi va intellektual salohiyatini namoyon qilib, Do'stlik tuman 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchilar jamoasi gʻolib boʻlib, final bosqichiga yo'llanma oldilar.




