"Ustozlar davrasi" nomli 2 bosqichli Zakovat intellektual o'yini oʻtkazilmoqda
Joriy yilning 28-oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi hamda Respublika ma'naviyat ma'rifat markazi Do'stlik tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda "Kitobsevar millat" shiori ostida "Ustozlar davrasi" nomli 2 bosqichli Zakovat intellektual o'yini oʻtkazilmoqda Ushbu Zakovat oʻyinining ikkinchi kunida 6-7-9-umumiy o'rta ta'lim maktablarining jamoalari o'zaro bellashdilar.Bellashuvda 15 ta savol o'ynaldi.Zakovat intellektual o'yinida jamoalar murosasiz va qiziqish bilan ishtirok etdilar va o'zlarining topqirligi va intellektual salohiyatini namoyon qilib, Do'stlik tuman 6-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchilar jamoasi gʻolib boʻlib, final bosqichiga yo'llanma oldilar.
Ma'lumot oʻrnida 29-oktyabr kuni 11-12-13-14-15-maktab jamoalari 1-bosqich doirasida oʻzaro bellashadilar.




