"Ustozlar davrasi" nomli 2 bosqichli Zakovat intellektual o'yini oʻtkazildi.
Joriy yilning 29-oktyabr sanasida Do'stlik tuman axborot kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi hamda Respublika ma'naviyat ma'rifat markazi Do'stlik tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda "Ustozlar davrasi" nomli 2 bosqichli Zakovat intellektual o'yini oʻtkazildi. Ushbu Zakovat oʻyinining bugungi kunida 11-12-14-umumiy o'rta ta'lim maktablarining jamoalari o'zaro bellashdilar.Bellashuvda 15 ta savol o'ynaldi.Zakovat intellektual o'yinida jamoalar murosasiz va qiziqish bilan ishtirok etdilar va o'zlarining topqirligi va intellektual salohiyatini namoyon qilib, Do'stlik tuman 12-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchilar jamoasi gʻolib boʻlib, final bosqichiga yo'llanma oldilar.




