" Ustoz otangdek ulug' " shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi
Joriy yilning 2-oktyabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan kutubxonamizning eng faol kitobxonlari ishtirokida " Ustoz otangdek ulug' " shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.Davra suhbatida kutubxona xodimlari Ustozlarga bagʻishlangan kirish soʻzi bilan boshladilar va oʻquvchilardan ustozlar haqida sheʼrlar tinglandi.Ishtirokchilardan eng koʻp she'r biladigan oʻquvchilar bilan bahrubayt oʻtkazildi va g'olib oʻquvchiga esdalik sovgʻasi taqdim etildi.Davra suhbatini qiziqarli oʻtkazish maqsadida oʻquvchilarga mantiqiy savollar berildi va ularning qanchalik topqirligi baholandi.Davra suhbatida 15 nafar oʻquvchilar faol qatnashdilar.



