Usmon Nosir tavalludiga bag'ishlangan she`riyat kechasi tashkil qilindi
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tamonidan sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan shoir va yozuvchi Usmon Nosir tavalludiga bag'ishlangan she`riyat kechasi tashkil qilindi. Tadbirda 18-maktab o'quvchilari ishtirok etdi. Dastlab Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o`quvchilarga Usmon Nosirning hayoti va ijodi haqida ma`lumotlar berildi. So`ng o`quvchilar ishtirokida bahrubayt, shoir hayoti ijodidan qiziqarli savol-javoblar va kim chaqqon kabi jamoaviy o`yinlar o`tkazildi. Tadbir barcha o`quvchilarga birdek manzur bo`ldi.