Urush ko'rgan adiblar
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazida 2022-yil 20-may sanasida Fondlarni to'ldirish saqlash va ishlov berish xizmati tomonidan "Urush ko'rgan adiblar" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.Ko'rgazmaga urushning guvohi bo'lgan va ko'p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan shu bilan birga urush davridagi achchiq qismatlar haqida o'z asarlarida mahorat bilan yoritgan adiblarning asarlari qo'yildi. Ko'rgazma davomida iste'dodli yozuvchi Odil Yoqubovning "Onaizor " kitobi taqdimoti tashkil qilindi.Ko'rgazma so'ngida "Tushda kechgan umrlar","Besh bolali yigitcha","Oltin zanglamas","Tirik ruhlar","Kafansiz ko'milganlar" kitoblari o'qishga tavsiya qilindi.