"Unutilmas kitoblar" nomli tadbir tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlar klubi a`zolari ishtirokida Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida "Unutilmas kitoblar" nomli tadbir tashkil qilindi. Dastlab tadbirda AKM mutaxassisi kitobxonlar uchun qiziqarli kitoblar haqida ma`lumotlar berib o`tdi. So`ng klub a`zolari ham o'zlari ta`til vaqtida o`qigan asar va hikoyalari haqida sharxlar berib, fikrlar almashishdi.