“Umummilliy birdamlik” festivali mahallalarda davom etmoqda.
“Umummilliy birdamlik” festivali mahallalarda davom etmoqda.
Do‘stlik tumani Bunyodkor mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi tashkil etildi.
Loyiha tuman hokimligi, Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi, “Mahallalar uyushmasi” tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Do‘stlik tuman bo‘linmasi, Bunyodkor mahalla faollari, tuman Madaniyat bo‘limlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazildi. Unda mahalla aholisi faol ishtirok etdi.
Festivalda axborot-kutubxona markazi xodimlari ham kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida kitob ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdilar. Festivalda 90 ta kitob ko‘rgazmaga qo'yildi.Tashkil qilingan ushbu ko'rgazma bilan 100 nafar tadbir ishtirokchilari yaqindan tanishtirildi. Festivalga yig'ilganlar turli sohalarga oid ko‘rgazmalar bilan tanishib musiqiy kechadan bahramand bo'lishdi.




