“Umummilliy birdamlik” festivali mahallalarda davom etmoqda.
“Umummilliy birdamlik” festivali mahallalarda davom etmoqda.
Do‘stlik tumani G‘.G‘ulom mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi tashkil etildi. Tadbir “Maslahat oshi” loyihasi doirasida o‘tkazildi.
Loyiha tuman hokimligi, Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi, “Mahallalar uyushmasi” tuman bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Do‘stlik tuman bo‘linmasi, G'ofur G‘ulom MFY mahalla faollari, tuman Madaniyat bo‘limlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazildi. Unda mahalla aholisi faol ishtirok etdi.
Festivalda axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Festivalda kitoblar ko‘rgazmalari namoyish etildi.Axborot-kutubxona markazining eng faol kitobxonlari fotogalereyasi ham yig'ilganlarni e'tiboriga havola etildi. Shuningdek Madaniyat markazining musiqiy chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.



