"Umummilliy birdamlik festivali" Doʻstlik tumanida yuqori saviyada oʻtkazildi.
35 yillik Mustaqillik toʻyi festivali doirasida "Umummilliy birdamlik festivali" Doʻstlik tumanida yuqori saviyada oʻtkazildi.
Festival Doʻstlik tuman Madaniyat saroyida tashkil etilib, unda tumanimiz aholisi hamda ko‘plab mehmonlar ishtirok etdi.
Mazkur festival doirasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli janrdagi badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, tashrif buyurgan mehmonlar hamda tuman aholisida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Kutubxona xodimlari ko‘rgazmaga tashrif buyurgan fuqarolarni kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar va ko‘rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishtirdilar.



