"Umummiliy birdamlik festivali"ning "Baxtli bolalik sharafiga" loyihasi doirasida tadbirlar tashkil qilindi.
2025-yilning 10-avgust sanasida reja-grafik asosida Chinobod MFY da "Umummiliy birdamlik festivali"ning "Baxtli bolalik sharafiga" loyihasi doirasida tadbirlar tashkil qilindi. Tadbir Do'stlik tuman hokimligi bilan hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil qilindi. Tadbirda "Kitob marafoni" aksiyasi ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.Ko‘rgazmaga 65 dona adabiyotlar qo'yildi. Festivalga tashrif buyurganlarga avval Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi yaqindan tanishtirildi va ko‘rgazmadagi kitoblar sharhlab berildi.Kitobxon bolajonlar o‘rtasida kitob o‘qish soati tashkil qilindi. Shuningdek turli sport musobaqalari, ijodiy koʻrgazmalar va konsert dasturlari tadbir dasturidan oʻrin oʻldi.Tadbirda 50 yaqin aholi va yoshlar ishtirok etdilar.




