"Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon" mavzusida adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tuman 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining 5-sinf o'quvchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligiga bag'ishlab "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon" mavzusida adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Dastlab o`quvchilar O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jo`r bo`lib kuylashdi. So`ng qiziqarli savol-javoblar hamda madhiyamizning she`riy jumlalarini yig`ish kabi jamoaviy o`yinlar bilan tadbirni davom ettirishdi.