"Ultimatum" o‘quv markazi hamkorligida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan "Kitobsevar yoshlar – kelajak poydevoridir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 9-iyul kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda "Ultimatum" o‘quv markazi hamkorligida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan "Kitobsevar yoshlar – kelajak poydevoridir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Alvido bolalik asari yuzasidan suhbat o‘tkazilib, asarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi hamda bosh qahramonlar — Qamariddin, Salim va Asror obrazlari, ularning xatti-harakatlari hamda asarda yoritilgan voqealar haqida batafsil so‘z yuritildi. Mazkur muhokamalar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar asar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, qahramonlarning hayotiy saboqlari va asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z qarashlarini o‘rtoqlashdilar.
Tadbirda jami 10 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.


