Ultimatium Education o'quv markazining bilimdon o‘quvchi yoshlari ishtirokida "Bir asar tarixi" doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Ultimatium Education o'quv markazining bilimdon o‘quvchi yoshlari ishtirokida "Bir asar tarixi" doirasida davra suhbati tashkil etildi. Dastlab O'zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar aytilib, soʻng yozuvchining eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadigan "Dunyoning ishlari" asari keng yoritib berildi. Shuningdek oʻ‘quvchi yoshlar asar borasida o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi. Suhbat davomida qiziqarli baxs munozaralar bo'lib o'tdi. Davra suhbatida 11ta kitobxon o'quvchilar qatnashdilar