"Tushimda koʻrsam edi" nomli zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot - kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida shoira, ma'rifatparvar Mohlaroyim ya'ni Nodirabegimning tavalludi munosabati bilan "Tushimda koʻrsam edi" nomli zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi. Oʻquvchilar jamoa boʻlib ya'ni "Implus" hamda "Bilimdonlar" nomlari ostida oʻzaro bellashishdi. Qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻlgan ushbu Zakovat oʻyinida Impuls jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va jamoadagi eng faol oʻquvchiga Diplom topshirildi. Shuningdek tadbir davomida Nodirabegim haqida ma'lumotlar berildi va gʻazalxonliklar tashkil qilindi.