"Turkiy adabiyotlarni o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlari bilan tanishing" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-25-oktabr kunlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot- kutubxona haftaligi va “Yangi O’zbekiston kutubxonachilari-yangi kuch, yangi imkoniyatlar, yangi marralar!” Yosh kutubxonachilar IV forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Turkiy adabiyotlarni o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlari bilan tanishing" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada 15-umumiy o'rta ta'lim maktabning 10 ta faol kitobxon o'quvchilari ishtirok etishdi.O'quvchilarga kitoblar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. Ko'rgazmaga 76 ta kitob qo'yildi.