Tuman tibbiyot birlashmasi kitobxon hamshiralari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 6-oktyabr kuni Do’stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi kitobxon hamshiralari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda mashhur yozuvchi Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi " nomli kitobiga sharh berilib, asar mazmun mohiyati keng bayon etildi. Shuningdek yozuvchining hayoti va ijod yoʻli haqida ham ma’lumotlar berilib, o'qish uchun kitoblar tavsiya qilindi.



