“To‘g‘ri tanlov” intellektual o‘yini o‘tkazildi
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida “To‘g‘ri tanlov” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirokida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida “To‘g‘ri tanlov” nomli intellektual o‘yin tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash, zukkolik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
O‘yin davomida ishtirokchilar turli muzokara va mantiqiy topshiriqlar asosida o‘zaro fikr almashib, kuzatuvchanlik va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar o‘z ovozlari orqali kim haqiqiy kitobxon, kim esa “ovchi” ekanligini aniqlashga harakat qildilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi.



