"Til bilimdonlari" intellektual o‘yinlari tashkil etildi.
21-oktyabr -"O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan joriy yil 20-oktyabrda Do‘stlik Axborot-kutubxona markazida umumta’lim maktablarining ijodkor o‘quvchilari ishtirokida "Til bilimdonlari" intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Intellektual o‘yinda faol qatnashgan 1,13 va 20-umumta’lim maktablarining ijodkor o‘quvchi jamoalariga Ma’naviyat va ma’rifat markazining Do‘stlik tuman bo‘linmasi tomonidan estalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi. Tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi.