"Til bilgan el biladi" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 20-avgust sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida "Til bilgan el biladi" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmadan O'zbek tilining izohli lug'ati, O'zbek xalq so'zlari, O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati, Turk tilini o'rganamiz, Xitoycha o'zbekcha so'zlashgich, Zamonaviy rus tili gramatikasi va boshqa kitoblar oʻrin oldi.
