,,Tarix va tafakkur shoiri " mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 20- yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda 6-sinf oʻquvchilari ishtirokida shoir Xurshid Davronning tavalludi munosabati bilan ,,Tarix va tafakkur shoiri " mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida o'quvchilarga shoirning hayoti va ijod yoʻli haqida maʼlumot berildi. Shuningdek uning she'rlaridagi ramzlar va timsollar, har bir satr ortida yashiringan ma'no va savol, falsafiy qarashlar, asarlari esa yosh avlodni oʻz tarixini bilishga milliy qadriyatlarni qadrlashga chorlashi haqida o'quvchilarga so'zlab berildi.Shuningdek suhbat davomida adibning ijodi haqida qiziqarli savol-javoblar boʻlib oʻtdi va she'rlaridan parchalar tinglandi. Davra suhbatida 16 nafar oʻ quvchilar ishtirok etdi.



