Tarbiyalanuvchi bolalar ishtirokida ,,Ertaklar olamiga sayohat ʼʼ nomli tadbir oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-sonli DMTT bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchi bolalar ishtirokida ,,Ertaklar olamiga sayohat ʼʼ nomli tadbir oʻtkazildi.Tadbirda bolalarga kutubxonamizning ertak kitoblari tanishtirildi va rasmli ertak qahramonlarini taniysizmi deb nomlangan viktorina oʻyini hamda uch ogʻayni botirlar ertak kitobi yoritib berildi. Bolalar bu tadbirdan oʻzgacha zavq oldilar. Tadbirda 24 nafar tarbiyalanuvchi bolalar ishtirok etdilar.