• dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
  • Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • dostlik_akm@natlib.uz
  • +998 943481412
Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona bo’limlari
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • Kutubxona faoliyati
    • Bo'sh ish o'rinlari
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
    • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
  • Yangiliklar va tadbirlar
  • E`lonlar
  • Elektron kutubxona
  • Virtual ko`rgazma
  • +998 943481412
  • @dostlikakm_bot

“Taqdir va buyuk siymo” nomli maʼnaviy-maʼrifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi.


Joriy yilning 21-yanvar kuni  Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman hududidagi 1–14-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchi va talabalari ishtirokida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romani yuzasidan “Taqdir va buyuk siymo” nomli maʼnaviy-maʼrifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi.

Taqdimot davomida 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti o’qituvchisi Norxo’jayeva Farida asarning g‘oyaviy-badiiy ahamiyati, Bobur siymosining badiiy talqini, tarixiy haqiqat va ijodiy yondashuv masalalari yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalarini  bildirildi.Shu bilan birga14- umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti o’qituvchilari Tursunova Fazilat va Sobirova Sevinch, Jizzax Davlat Pedagogika universitetining filialogiya fakulteti talabalari Toxirova Sevinch va Temirova  Vaziralar tomonidan ham asar mazmun-mohiyati, unda buyuk sarkarda va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur siymosining badiiy talqini, insoniy kechinmalari, vatanparvarlik tuygʻulari hamda taqdir sinovlari   atroflicha sharhlab berildi. 

Shuningdek, axborot  kutubxona markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan  Zahiriddin Muhammad Boburning  "Vatan sogʻinchi" mavzusidagi sahnaviy koʻrinish namoyish etilib, yigʻilganlarga katta estetik zavq bagʻishladi. Ushbu sahna orqali buyuk bobomizning qalbidagi sogʻinch, iztirob va vatan muhabbati yorqin ifoda etilib, tomoshabinlarni tarix sahifalariga goʻyo yana bir bor sayohat qilishga chorladi. .

 Tadbir davomida talabalar va oʻquvchilar ham asar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.Ayniqsa, yoshlar bilan tashkil etilgan interaktiv savol-javoblar Bobur shaxsining ibratli jihatlarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.Taqdimot tadbirida 50 nafar o’quvchi yoshlar, ustoz va talabalar ishtirok etdi.

 

Jizzax viloyati Do'stlik tumani axborot-kutubxona markazi
+998 943481412 dostlik_akm@natlib.uz

Jizzax viloyati Do’stlik tumani G’.G’ulom mahallasi Ibn Sino ko’chasi 1-uy

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • AKM jamg'armasi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
Kutubxona bo’limlari
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
Kutubxona faoliyati
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Yillik, choraklik ish reja va hisobotlar
Yangiliklar va tadbirlar
E`lonlar
Elektron kutubxona
Virtual ko`rgazma
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Do'stlik tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan