“Tanishing: yangi adabiyotlar” nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 21-aprel sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazining Abonamentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati xodimlari tomonidan kitobxonlar uchun “Tanishing: yangi adabiyotlar” nomli yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada markaz fondiga yaqinda qabul qilingan jami 490 nusxadagi yangi kitoblar keng namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmadan quyidagi yo‘nalishdagi adabiyotlar o‘rin olgan:
— badiiy va jahon adabiyoti durdonalari;
— ilmiy-ommabop asarlar;
— o‘quv qo‘llanmalar;
— tarixiy hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar.
Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarning bilim va tafakkur doirasini kengaytirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.



