TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 30-yanvar kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Proquest va EBSCOhost xorijiy bazalaridan foydalanish va ma'lumotlar yuklab olish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Mahorat darsi davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tushunmagan jihatlari yuzasidan batafsil javoblar oldilar. Ushbu mahorat darsi ishtirokchilarda xorijiy bazalaridan elektron maʼlumotlarni yuklab olish jarayonida muhim bilim hamda koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.



