TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Joriy yilning 23-yanvar kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda kitob targʻiboti doirasida booktreyler, booktuber hamda virtual koʻrgazmalar tayyorlash boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Shuningdek, targʻibot materiallarini tayyorlash jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, mualliflik huquqiga rioya etish, uni buzmaslik bilan bogʻliq muhim tushunchalar keng yoritib berildi.
Mahorat darsi davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tushunmagan jihatlari yuzasidan batafsil javoblar oldilar. Ushbu mahorat darsi ishtirokchilarda raqamli targʻibot materiallarini sifatli va samarali tayyorlash boʻyicha muhim bilim hamda koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.



