TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 22-avgust kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda dasturlar bilan ishlashda klaviaturaning qulayliklari, afzalliklari qoʻshimcha funksiyalari haqida amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi hamda xodimlar ham amalda klaviaturaning qoʻshimcha funksiyalarini sinab koʻrdilar.