TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 11-iyul kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda komyuterda C diskga yuklangan va saqlanib qolganlar keraksiz maʼlumotlarni oʻchirish, antivirusni yangilash va ish unumdorligini oshirish maqsadida klaviatura orqali amalga oshiriladigan ayrim funksiyalar haqida xodimlarga amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, tushunmagan savollariga javob oldilar.