TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 30-may sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda komyuterga masofadan texnik xizmat koʻrsatishda qoʻllaniladigan "AnyDesk" programmasining afzalliklari, qoʻllash usullari haqida xodimlarga amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, ushbu sayt dasturlari boʻyicha tushunmagan savollariga javob oldilar.