TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 23-may sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda sun'iy intellekt "Chatgpt" saytining afzalliklari va kamchiliklari bo'yicha xodimlarga amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi.Shuningdek Sun'iy intellekt dasturlaridan foydalanishda axborot xavfsizligini taʼminlash, notoʻgʻri ma'lumotlar olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik boʻyicha ham ma'lumotlar berildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, ushbu sayt dasturlari boʻyicha tushunmagan savollariga javob oldilar.