TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 16-may sanasida Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda I love PDF sayti orqali hujjatlari formatlarini oʻzgartish, tahrirlash boʻyicha ,sayt afzalliklari bo'yicha xodimlarga amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, ushbu sayt boʻyicha tushunmagan savollariga javob oldilar