TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 18-aprel kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Microsoft Excel dasturida ishlash bo'yicha xodimlarga tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek ushbu dastur orqali turli jadvallar yasash va diagrammalar tayyorlash bo'yicha amaliy va nazariy ma'lumotlar berildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, dastur haqida yangi ma'lumotlarga ega boʻlishdi.



