TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 31-oktyabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda komyuterda axborot xavfsizligi ta'minlash maqsadida ma'lum bir saytlarni bloklab qoʻyish, kirish imkoniyatlarini cheklash bo'yicha xodimlarga amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, tushunmagan savollariga javob oldilar.



