TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Microsoft Excel dasturida ishlash, jadvallar yaratish va diagrammalar tuzish bo'yicha xodimlarga amaliy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, dastur boʻyicha tushunmagan savollariga javob oldilar.



