TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 10-oktyabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda xodimlarga Telegram’da APK (Android ilova fayli) ko‘rinishidagi virusli fayllar yuklab olmaslik va hakkerlar qurboniga aylanmaslik borasida nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining bu mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob oldilar.



